Oylik xizmatlar balansdan har kuni narxning 1/30 qismi boʻlib yechiladi, AI operator daqiqalari va SMS esa ertasi kuni ishlatilganiga qarab. Bepul sinov davrida hech narsa yechilmaydi. Bu sahifani faqat egasi va administratorlar koʻradi.
1-qadam: «Hisob va toʻlovlar»ni oching
Menyuda «Sozlash» → «Hisob va toʻlovlar». Chapda balans, u taxminan necha kunga yetishi va kunlik xarajat; pastda shu oy qancha yechilgani va oy oxirigacha taxminiy summa.

2-qadam: Summani tanlang
«Balansni toʻldirish»da tayyor summalardan birini bosing (500 000, 1 000 000, 3 000 000 yoki 5 000 000 soʻm) yoki «Boshqa summa»ga oʻzingiz yozing.
3-qadam: Karta bilan toʻlang
«Karta bilan (Uzcard, Humo)»ni tanlang, «Karta raqami» va «Amal qilish muddati»ni kiriting va «SMS kod olish»ni bosing. Kartangizga ulangan telefonga kelgan kodni yozing — bank toʻlovni bir necha soniyada tasdiqlaydi va balans darhol toʻldiriladi. Karta raqami bankka uzatiladi, CallSaleʼda saqlanmaydi.
4-qadam: Yoki Click, Payme orqali
«Click yoki Payme»ni tanlab, toʻlash tugmasini bosing — ATMOS toʻlov sahifasi ochiladi, oʻsha yerda Click yoki Paymeni tanlaysiz. Toʻlovdan keyin CallSaleʼga qaytasiz; pul kelishi bilan balans oʻzi toʻldiriladi. Toʻlov muvaffaqiyatli boʻlsa, «Fiskal chek» havolasi chiqadi.
5-qadam: Bank oʻtkazmasi uchun hisob-varaq oling
«Hisob-varaq soʻrash»ni bosing: summa, hisob-varaq tili va korxonangiz rekvizitlarini (nomi, STIR, manzil, bank, MFO, hisob raqami) kiriting va «Hisob-varaq yaratish»ni bosing — PDF darhol tayyor. Toʻlov maqsadida hisob-varaq raqamini yozing; pul hisobimizga tushgach, balansga qoʻshamiz. Rekvizitlar keyingi safar uchun eslab qolinadi.

Foydali maslahatlar
- Balans manfiy boʻlsa, 3 kun ichida toʻldiring. Undan keyin kampaniyalar, AI qoʻngʻiroqlar va chatdagi AI javoblari toʻxtaydi; kiruvchi qoʻngʻiroqlar va panel ishlashda davom etadi.
- Balans kam qolganda panel tepasida eslatma chiqadi, egasi va administratorlar Telegramda xabar oladi.
- Narxlar shu sahifadagi «Narxlar» kartasida va callsale.uz/narxlar sahifasida.
- «Onlayn toʻlov hali ulanmagan» yozuvi tursa, hozircha hisob-varaq bilan bank orqali toʻlang.