1-qadam: Agent ilovadan soʻraydi
«CallSale Agent» ilovasida agent «Profil» → «Hisobni oʻchirish»ni bosadi va «Oʻchirishni soʻrash» bilan tasdiqlaydi (internet kerak). Telefon darhol hisobdan chiqadi, soʻrov esa kompaniya administratoriga boradi. Ilovasiz yoʻli callsale.uz/agent/delete-account sahifasida yozilgan.
2-qadam: Administrator panelda qaror qiladi
«Sotuv agentlari» → «Agentlar» sahifasi tepasida qizil karta chiqadi: «N ta agent akkauntini oʻchirishni soʻradi». Har bir agent yonida ikki tugma bor: «Saqlab qolish» — soʻrov yopiladi, agent qoladi; «Maʼlumotlarini oʻchirish» — agentning shaxsiy maʼlumotlari oʻchiriladi.

3-qadam: Nima oʻchiriladi, nima qoladi
Ism, telefon raqami, joylashuv tarixi va telefon maʼlumotlari oʻchiriladi, agent faolsizlantiriladi. Buyurtmalar, toʻlovlar va tashriflar kompaniya hujjati sifatida qoladi — agent nomi oʻrnida «Oʻchirilgan agent» yoziladi. Buni qaytarib boʻlmaydi.
4-qadam: Panel xodimini oʻchirish
Operatorni «Sozlash» → «Jamoa»da kartadagi «…» → «Oʻchirish» bilan toʻxtating: u tizimga kira olmaydi, qoʻngʻiroqlari tarixi saqlanadi. Administrator yoki nazoratchini butunlay olib tashlash uchun CallSaleʼga yozing.
5-qadam: Kompaniya hisobini oʻchirish
Kompaniyani butunlay oʻchirish tugmasi panelda yoʻq. Kompaniya egasi «Yordam» sahifasidan, Telegram @b2bsoft_company yoki +998 91 971 09 99 orqali yozadi — soʻrovni tasdiqlab, oʻchirishni birga bajaramiz.
Foydali maslahatlar
- Mijozni oʻchirish: mijoz kartasidagi menyuda «Oʻchirish» bor — izohlar va vazifalar ham oʻchadi, qoʻngʻiroqlar tarixi saqlanib qoladi.