CallSale Agent — hisobni oʻchirish
Yangilangan: 2026-yil 23-noyabr
CallSale Agent ilovasida agent hisobini oʻchirish tartibi. Ilova egasi — “B2B SOFTWARE” MChJ (Toshkent, Oʻzbekiston).
Ilovada (eng tez yoʻl)
1. Ilovani oching → «Profil».
2. «Hisobni oʻchirish» → tasdiqlang.
3. Telefon darhol uziladi, soʻrov kompaniyangiz administratoriga yuboriladi.
Ilovasiz
Kompaniyangiz rahbaridan CallSale panelida hisobingizni oʻchirishni soʻrang, yoki bizga yozing: Telegram @b2bsoft_company yoki +998 91 971 09 99. Ismingiz, telefon raqamingiz va kompaniya nomini yozing — soʻrovni kompaniyangizga yetkazamiz va 30 kun ichida bajarilishini nazorat qilamiz.
Nima oʻchiriladi
Ism, telefon raqami, joylashuv tarixi, qurilma va ulanish maʼlumotlari. Hisob oʻchirilgan deb belgilanadi va qayta ulanmaydi.
Nima qoladi
Buyurtma, toʻlov, qaytarish va tashrif yozuvlari — kompaniyaning hisob hujjatlari sifatida, qonun talab qilgan muddat davomida (agent ismisiz).