CallSale Agent — maxfiylik siyosati
Yangilangan: 2026-yil 23-noyabr
CallSale Agent — savdo agentlari uchun ilova. Uni “B2B SOFTWARE” MChJ (Toshkent, Oʻzbekiston) ishlab chiqqan. Ilovadan faqat oʻz kompaniyasi (ish beruvchi) ulagan agentlar foydalanadi: rahbar bergan bir martalik kod bilan telefon ulanadi. Ish beruvchi maʼlumotlar egasi hisoblanadi, biz ularni uning nomidan saqlaymiz va qayta ishlaymiz.
Qanday maʼlumotlar yigʻiladi
Agent haqida: ism va telefon raqami (ularni ish beruvchi kiritadi), telefon nomi (masalan, «iPhone»), batareya darajasi.
Joylashuv: aniq GPS joylashuvi faqat ilova ochiq paytda — doʻkonga kirganda va ilova ochiq turganda taxminan har 2 daqiqada. Ilova yopiq yoki fonda boʻlganda joylashuv olinmaydi.
Ish natijalari: tashriflar, doʻkon rasmlari (agentning oʻzi oladi), buyurtmalar, qaytarishlar, toʻlovlar, javonni tekshirish, savollarga javoblar, agent tomonidan qoʻshilgan yangi doʻkonlar, mashinadagi tovar qoldigʻi, yuklash va tushirish hujjatlari.
Bluetooth: faqat agent tomonidan tanlangan chek printeri bilan bogʻlash uchun ishlatiladi. Ilova atrofdagi boshqa qurilmalar haqida maʼlumotlarni olmaydi va saqlamaydi.
Kamera faqat doʻkon rasmini olish va shtrix-kodni oʻqish uchun ishlatiladi. Ilova reklama, kuzatuv (tracking) yoki analitika xizmatlarini ishlatmaydi.
Nima uchun
Tashrifni tasdiqlash, kunlik marshrutni tuzish, rahbarning jonli xaritasida koʻrsatish, buyurtma, toʻlov va mashinadagi tovar hisobini ish beruvchiga yetkazish, chek berish. Maʼlumotlardan boshqa maqsadlarda foydalanilmaydi va sotilmaydi.
Kim koʻradi
Faqat agentning ish beruvchisi (uning rahbarlari va administratorlari) va texnik yordam uchun bizning masʼul xodimlarimiz. Maʼlumotlar himoyalangan serverlarda saqlanadi, uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Xavfsizlik
Barcha aloqa shifrlangan (HTTPS). Telefon ulanish tokeni serverda ochiq holda saqlanmaydi. Har bir kompaniya faqat oʻz maʼlumotlarini koʻradi.
Qancha saqlanadi
Ish beruvchi CallSale’dan foydalanayotgan muddat davomida yoki u oʻchirmaguncha. Buyurtma, toʻlov va tashriflar kompaniyaning hisob hujjatlari sifatida qonun talab qilgan muddat saqlanadi.
Hisobni oʻchirish
Ilovada: Profil → «Hisobni oʻchirish». Telefon darhol uziladi va oʻchirish soʻrovi kompaniyangiz administratoriga yuboriladi. Administrator ism, telefon raqami, joylashuv tarixi va qurilma maʼlumotlarini oʻchiradi; buyurtma, toʻlov va tashriflar kompaniya yozuvi sifatida qoladi (agent ismisiz).
Ilovasiz: callsale.uz/agent/delete-account sahifasida yozilgan yoʻl bilan.
Bolalar
Ilova xodimlar uchun moʻljallangan va 16 yoshdan kichiklar uchun emas.
Aloqa
Savollar boʻlsa: +998 91 971 09 99, Telegram @b2bsoft_company. Siyosat oʻzgarsa, shu sahifada yangilanadi.