CallSale

Bepul auditga yoziling

Ismingiz va raqamingizni qoldiring — keyin Telegramʼda oʻzingizga qulay vaqtni tanlaysiz.

Telegramʼda kalendar ochiladi

Tugmani bosib, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati

Yordam markazi

AI operator

Qoʻngʻiroqlarga oʻzbek va rus tilida javob beradigan ovozli AI yarating, unga bilim bering va ovozli menyuga qoʻshing.

Qoʻngʻiroqlar · 5 daqiqa

AI operator kechayu kunduz qoʻngʻiroqlarga javob beradi: narx, manzil, buyurtma haqidagi savollarga Maʼlumotlar bazasidan javob topadi va kerak boʻlsa, mijozni jonli operatorga ulaydi.

  1. 1-qadam: AI operator yarating

    «Sunʼiy intellekt» → «AI operator»da «AI operator yaratish»ni bosing. «Nomi», «Asosiy til» va «Birinchi gap»ni yozing — mijoz qoʻngʻiroq qilganda birinchi shu gapni eshitadi. Mijoz soʻrasa jonli odamga ulash uchun «Kerak boʻlsa operatorga ulaydi»ni yoqib qoʻying.

    «AI operator yaratish» oynasi: nomi, til, birinchi gap va koʻrsatma
  2. 2-qadam: Koʻrsatma yozing

    «Operator uchun koʻrsatma»ga qanday gapirishi va nimani soʻrashini yozing. Masalan: «Oʻzingizni Dilnoza deb tanishtiring va avval ismini soʻrang». Narx, manzil va boshqa maʼlumotlarni bu yerga emas, Maʼlumotlar bazasiga yozing.

  3. 3-qadam: Maʼlumotlar bazasini toʻldiring

    Oynadagi «Maʼlumotlar bazasi» kartasidan bazani oching va kompaniya, narxlar, yetkazib berish, manzil haqida yozing yoki fayl yuklang. AI operator ham, AI chat agent ham shu bazadan foydalanadi — batafsil «AI chat agent» qoʻllanmasida.

  4. 4-qadam: Ulanganini tekshiring

    Saqlagandan keyin kartada «Ulangan» chiqishi kerak — demak AI qoʻngʻiroq qabul qila oladi. «Ulanishda xato» chiqsa, CallSaleʼga yozing. Kartadagi «Tahrirlash» bilan sozlamalarni istalgan payt oʻzgartirasiz.

    «AI operator» sahifasi: ulangan AI operator va shu oydagi qoʻngʻiroqlar
  5. 5-qadam: Ovozli menyuga qoʻshing

    «Ovozli menyu»ni oching, chapdagi roʻyxatdan «AI operator» qadamini qoʻshing va uni bosib, yaratgan AI operatoringizni tanlang. Chiqishlarini ulang: «AI tugatsa» — masalan, tugatishga, «Odamga ulash» — navbatga. Keyin menyuni nashr qiling.

    Ovozli menyu muharriri: qadamlar roʻyxatida «AI operator»

Foydali maslahatlar

  • AI operator suhbatlari daqiqasiga qarab balansdan yechiladi — «Hisob va toʻlovlar»da koʻrinadi.
  • «Shu oy» kartasida AI qancha qoʻngʻiroqqa javob bergani va necha daqiqa gaplashgani koʻrinadi.