1-qadam: Doʻkonlar va katalogni tayyorlang
«Sotuv agentlari» → «Doʻkonlar»da «Yangi doʻkon» bilan doʻkon qoʻshing: egasi, manzil, telefon, xaritadagi joyi, tashrif kunlari va masʼul agent. Agentlar ham ilovadan yangi doʻkon qoʻsha oladi — ular «Agent qoʻshganlar»da koʻrinadi. «Katalog»da mahsulotlar, narx va qoldiq; koʻp mahsulot boʻlsa, «Import» bilan Excel, CSV yoki 1C faylidan yuklang.
2-qadam: Agent doʻkonga kiradi
Ilovada agent «Keyingi doʻkon»dagi «Kirish»ni bosadi. Telefon joylashuvi tekshiriladi: agent doʻkondan ruxsat etilgan masofadan uzoq boʻlsa, ilova ogohlantiradi, tashrif esa siz uchun «Uzoqdan» deb belgilanadi.
3-qadam: Tashrif bosqichlarini bajaradi
Tashrif ekranida sozlamalarda yoqilgan bosqichlar turadi: «Doʻkon rasmi», «Buyurtma», «Qaytarish», javon tekshiruvi, savollar va «Pul olish». Majburiy bosqichsiz tashrifni yakunlab boʻlmaydi. Oxirida agent «Tashrifni yakunlash»ni bosadi va natijani tanlaydi: «Buyurtma», «Buyurtmasiz», «Yopiq», «Pul yoʻq» yoki «Boshqa».

4-qadam: Buyurtma katalogdan olinadi
«Buyurtma olish» katalogni ochadi: qidirish, kategoriyalar, qoldiq va «Oldingi buyurtmani takrorlash». Aksiyalar oʻzi hisoblanadi — masalan, «2 ta olsangiz, sovgʻa». Pastda jami summa turadi, agent «Saqlash»ni bosadi. Internet boʻlmasa, buyurtma telefonda kutib turadi.

5-qadam: Buyurtmalarni tasdiqlang
«Sotuv agentlari» → «Buyurtmalar»da yangi buyurtmalar turadi. «Tasdiqlash»ni bosing, yetkazilgandan keyin «Yetkazildi»ni belgilang; kerak boʻlsa «Bekor qilish». «Sotuv» va «Qaytarish» alohida koʻrinadi, «Eksport» roʻyxatni Excelʼga chiqaradi.

6-qadam: Xaritada kuzating
«Xarita»da agentlar hozir qayerdaligini, kim doʻkonda, kim yoʻlda ekanini koʻrasiz. Agentni tanlasangiz, uning bugungi yoʻli, tashriflari, rasmlari, buyurtmalari va olgan puli chiqadi. Kun tanlab, oʻtgan kunlarni ham koʻrish mumkin.
Foydali maslahatlar
- Buyurtma tasdiqlanganda doʻkonga SMS yuborish mumkin — «SMS» qoʻllanmasiga qarang.
- Doʻkonlar roʻyxatida «Faqat qarzdorlar» filtri bor: kimdan qancha olish kerakligi bir qarashda.