CallSale

Bepul auditga yoziling

Ismingiz va raqamingizni qoldiring — keyin Telegramʼda oʻzingizga qulay vaqtni tanlaysiz.

Telegramʼda kalendar ochiladi

Tugmani bosib, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati

Yordam markazi

SMS xabarlar

Javobsiz qoʻngʻiroqdan keyin, buyurtma tasdiqlanganda va qarz eslatmasi uchun avtomatik SMSlarni yoqing yoki mijozga qoʻlda SMS yozing.

Chatlar va SMS · 3 daqiqa

SMS Eskiz yoki Playmobile orqali yuboriladi — provayderni CallSale jamoasi ulaydi. Shunga qadar sahifada «SMS hali ulanmagan» yozuvi turadi, lekin sozlamalarni oldindan tayyorlab qoʻyishingiz mumkin.

  1. 1-qadam: SMS sozlamalarini oching

    Menyuda «SMS» → «Sozlamalar». Avval «Avtomatik xabarlar tili»ni tanlang: har bir xabarning oʻzbekcha va ruscha matni saqlanadi, mijozlarga tanlangan tildagisi boradi.

    «SMS sozlamalari»: xabarlar tili va javobsiz qoʻngʻiroqdan keyingi SMS
  2. 2-qadam: Avtomatik xabarlarni yoqing

    Kerakli xabarni yoqing va matnini tahrirlang:

    • «Javobsiz qoʻngʻiroqdan keyin SMS» — mijoz qoʻngʻiroq qilib, hech kim javob bermagan va qayta qoʻngʻiroq qilinmagan boʻlsa. «Kutish (daqiqa)», ish kunlari va ish vaqtini belgilang. Bitta raqamga kuniga bir marta.
    • «Buyurtma tasdiqlanganda» — sotuv agenti olgan buyurtmani tasdiqlaganingizda doʻkonga boradi.
    • «Qarz eslatmasi» — qarzi bor doʻkonlarga haftada bir marta; kun, soat va eng kam qarzni tanlang.
  3. 3-qadam: Matnni tekshiring va saqlang

    Matnga {company} kabi oʻzgaruvchilarni qoʻshish mumkin — pastda «Koʻrinishi» haqiqiy xabarni koʻrsatadi. Necha SMS qismi ketishi ham yozib turiladi: lotin harflari arzonroq. Keyin «Saqlash»ni bosing.

  4. 4-qadam: Qoʻlda SMS yuboring

    Mijoz kartasida «Qoʻngʻiroq qilish» yonidagi xabar tugmasini bosing («SMS yuborish»), matnni yozing va yuboring. Doʻkonlar roʻyxatidan qarzdor doʻkonga «Qarz haqida SMS» yuborsa boʻladi.

  5. 5-qadam: Yetkazilganini tekshiring

    «SMS» → «Yuborilganlar»da har bir SMS, uning turi va holati koʻrinadi: «Navbatda», «Yuborildi», «Yetkazildi», «Yetkazilmadi». Tur, holat va matn boʻyicha filtrlash mumkin.

Foydali maslahatlar

  • Har bir SMS qismi balansdan yechiladi — narxi «Hisob va toʻlovlar»da.
  • SMS sozlamalarini faqat rahbarlar oʻzgartiradi.